Mahalla yoshlarining tarbiyasiga izchil e’tibor qaratilmoqda

0
1777

Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi deyarli butun mamlakat uchun umumiy masaladir. Shu boisdan Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonida joylashgan mahallalarda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, ular bilan ishlash tizimini izchil davom ettirishmoqda.

Yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, har jihatdan barkamol etib tarbiyalash hamda yoshlarning ezgu maqsadlarini hayotga tatbiq etishlari uchun mahallalarda o‘zaro suhbat jarayonlarini tashkil etib, jasorat darslarini o‘tish bilan birga ular uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mahalladagi to‘garaklarga jalb etish, ular o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish, profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni harbiy qism bo‘ylab sayohat qilish imkoni berildi.

Shuningdek, ularda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish kabi ezgu istaklarni uyg‘otib, harbiy sport musobaqalari shakllantirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y-harakatalar, ya’ni besh muhim tashabbus loyihalari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish mahalladagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishi va ma’naviy rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati