“Har yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!”

325

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand harbiy prokuraturasi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand shahar boʻlinmasi hamkorlikda Samarqand shahridagi 16-umumtaʼlim maktabida tarbiyasi ogʻir, notinch oila farzandlari, maktab ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilarni jalb etgan holda jamiyatdagi yot gʻoyalar hamda salbiy illatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash maqsadida “Har yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga soʻzga chiqqanlar yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, aholini yurtimizdagi barqaror tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishga hamda uni asrab-avaylashga targʻib etish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi xususida gapirishdi.
Shuningdek, tadbir davomida harbiy orkestrning milliy ruhdagi kuy-qoʻshiqlari tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻshladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati