Farg‘onada o‘z kasbining ustalari bellashmoqda

0
587

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda kuni kecha “O‘z kasbining ustasi” ko‘rik tanlovining ikkinchi, ya’ni harbiy okrug bosqichiga start berildi va uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ma’sul ofitserlari hamda musobaqa tashkilotchilari so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar yor bo‘lishini tiladi. Bunday musobaqalar harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi va shayligini oshirish bilan bir qatorda kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini ham o‘tashi ta’kidlab o‘tildi.

  

Ushbu musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, harbiy xizmatchilar faoliyatini yanada rag‘batlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib taqdirlash, shuningdek, harbiylarning shijoati, mardligi va matonatini yanada mustahkamlash, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
Hozirda musobaqa shiddatli bahslar bilan davom etmoqda.

Musobaqa tafsilotlari va natijalari haqida kelgusi xabarlarimizda ma’lumot beramiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati