Yoshlar bilan «Harbiy qismda bir kun» loyihasi o‘tkazildi

688

Mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiylash maqsadida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida mahallalardagi yoshlar ishtirokida «Harbiy qismda bir kun» loyihasi tashkil etildi.
Dastavval yoshlar harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishib, shundan so‘ng ular saf tayyorgarligi, jismoniy mashqlar hamda kamondan o‘q otish mashg‘ulotlarida o‘zlarini sinab ko‘rdilar.

Kunning ikkinchi yarmida loyiha ishtirokchilari qurol-yarog‘lar bilan yaqindan tanishib, gulxan atrofidagi madaniy tadbirda ishtirok etdilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati