Oiladagi sogʻlom maʼnaviy muhitning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni

0
515

Kattaqoʻrgʻon garnizonida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida shu mavzuda davra suhbati tashkil etildi.

Unda shaharning imom-xatibi Anvar qori Nazarov ishtirok etib, oilaviy qadriyatlar, farzandlar tarbiyasida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan talablarni dunyoviy va diniy ilmlar asosida tushuntirib berdi. Shuningdek, suhbat davomida bugungi kunda yoshlarni oilaviy hayotga, ularni ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga tayyorlash kabi masalalarga ham eʼtibor qaratildi.

 

Oila mustahkam boʻlishi, uning axloqiy-huquqiy asoslari va eng muhimi, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkizish naqadar masʼuliyatli vazifa ekanligi ishtirokchilar ongiga singdirildi.

— Oilalardagi nosogʻlom maʼnaviy muhit, turli kelishmovchiliklar u yerda voyaga yetayotgan yoshlarning tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatib, kelajakda jinoiy harakatlar sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkin, — deydi Anvar qori Nazarov. — Ota-ona farzandiga berayotgan tarbiya inson shaxsi shakllanishiga zamin yaratadi. Shuning uchun tarbiyada oʻta ehtiyotkorlik va hushyorlik zarur.

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.

Azim AXTAMOV, OʻzJOKU internet jurnalistikasi yoʻnalishi 4-kurs talabasi