Shovotda “Sog‘lom hayot sari besh ming qadam” piyoda yurish aksiyasi bo‘lib o‘tdi

0
1040

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Urganch garnizoni harbiy qismlaridan birining tashabbusi bilan Shovot tumani hokimligi, mudofaa ishlari bo‘limi hamda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Shovot tumani kengashi hamkorligida “Gulshan” mahallasida istiqomat qilayotgan aholi va yoshlar bilan “Sog‘lom hayot sari besh ming qadam” shiori ostida piyoda yurish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi aksiyalar bugun xalq orasida keng tus olgan. Piyoda yurish inson sog‘lig‘ini yaxshilashda va turli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shovot tumanida esa armiya va xalq jipsligida ommaviy sport bilan shug‘ullanishga qaratilgan tadbirlar tez-tez o‘tkazilib kelinadi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati