Ijtimoiy tarmoqlardagi 1 oylik harbiy xizmat yuzasidan yoʻllangan murojaatga munosabat

0
979

Safarbarlik chaqiruv xizmati toʻlovini avvalroq amalga oshirgan, lekin 27 yoshga toʻlib qolgan fuqarolarning bir oylik harbiy xizmatga borish haqida yozgan murojaatlari Mudofaa vazirligining masʼul shaxslari tomonidan oʻrganilib, natijasi boʻyicha ularga tegishli javob berib borilmoqda.

Yaʼni “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga koʻra safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati oylik harbiy yigʻiniga 27 yoshgacha boʻlgan fuqarolar chaqiriladi.

Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan qonun talablariga binoan fuqarolar 27 yoshga toʻlgandan soʻng SCHR xizmati oylik harbiy yigʻiniga jalb etilmaydi.

Mazkur maʼlumotdan norozi boʻlgan yigitlar fuqarolik protsessual tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti