Samarqandda boshlangʻich tashkilot yetakchilarining faoliyati tahlil etildi

0
2389

Markaziy harbiy okrugining maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va mussasalaridagi boshlangʻich tashkilotlarining faoliyatini tahlil etish hamda kelgusidagi istiqbolli vazifalarini belgilashga qaratilgan uslubiy-amaliy yigʻin oʻtkazildi.

Unda okrug qoʻmondonligi, Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon hamda Navoiy garnizonlarida joylashgan va Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy qism va muassasalardagi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari va sardorlari ishtirok etishdi.

Yig‘in avvalida ayrim boshlangʻich tashkilotlarining oʻtgan yildagi faoliyati tanqid qilinib, uning sababi va ularda uchrayotgan muammolar atroflicha oʻrganildi.

Shundan soʻng, koʻplab yetakchilar va sardorlar tomonidan erishilgan yutuqlar ham alohida e’tirof etilib, kelgusidagi istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi, intellektual salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilish, shuningdek, yoshlarimizning muammolarini oʻrganib hal etish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sportga keng jalb etish borasidagi ishlar samaradorligi yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalari belgilandi.

Bundan tashqari, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali yoʻlga qoʻyish va muammolarini oʻrganish, yosh harbiy xizmatchilarga imkoniyatlar yaratish hamda faol va iqtidorlilarni oʻrtasida sogʻlom raqobat shakllantirish borasida kelgusidagi faoliyatlari aniqlab berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati