Termizda harbiy intizomni mustahkamlashga qaratilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

0
955

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlikning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlari hamda huquq-tartibot va harbiy intizomni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Termiz harbiy prokurori, qo‘mondon, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boshqarmasi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Surxondaryo viloyatida joylashgan barcha harbiy qism komandirlari hamda muassasa boshliqlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qism va muassasalarda qonuniylikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilar hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarni muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi faoliyat tanqidiy muhokama etilib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar boʻyicha kelgusida amalga oshirish lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan tegishli chora tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratgan hududlarda doimiy nazoratni amalga oshirib borish belgilandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni