Istiqboldagi vazifalarni belgilashga qaratilgan profilaktik tadbir

0
1408

Mudofaa vazirligining Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida qo‘mondonlik va unga bo‘ysunuvchi harbiy qismlar shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tarzda o‘tgan yig‘ilish Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil qilindi.

Xususan, qo‘shinlar qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yakubov tomonidan Qurolli Kuchlarni rivojlantirishning navbatdagi muhim bosqichida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, zaxira kadrlarni tayyorlash tizimi, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, qo‘shinlarni har tomonlama ta’minoti va harbiy qismlar infratuzilmasini yaxshilash, shaxsiy tarkibning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik darajasini yanada yuksaltirish hamda bo‘linmalarda intizom buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Tadbirda joylardagi qo‘shilma va harbiy qism komandirlarining ham fikrlari tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi bo‘linmalarga aniq va manzilli vazifalarni belgilash bilan birga, harbiy xizmatchilarni harbiy va kasbiy sifatlarini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti