Artilleriya mutaxassislarining bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda

0
2613

Markaziy harbiy okrugining “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari artilleriya batareya komandirlari ishtirokida o‘quv uslubiy yig‘in o‘tkazilmoqda.

O‘quv yig‘ini ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish bilan boshlandi. Jumladan, harbiy xizmatchilar saf ko‘rigi, 100 metr va 3 kilometr masofaga yugurish hamda turnikda tortilish nazorat sinovlaridan o‘tdi.

Navbatdagi, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida esa o‘quv ishtirokchilari zamonaviy artilleriya razvedkasini qo‘llash, otish va o‘t ochishni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘quv artilleriya kompleks dasturidan foydalanish hamda shaxsiy tarkib bilan jangovar vazifani bajarish bo‘yicha batareya komandirining qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati