“Taraqqiyot strategiyasi” loyihasi mazmun-mohiyatini oʻrganishga qaratilgan tadbir

0
1180

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli Qashqadaryo viloyati Xonobod qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qismda “Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi” loyihasi mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishgan tadbir oʻtkazildi.

Unda Respublika manaviyat va marifat markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimi xodimlari, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti oʻqituvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar tomonidan mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish singari yoʻnalishlarda soʻnggi besh yillikka rejalashtirilgan muhim vazifalar hamda ulardan koʻzlangan maqsadlar boʻyicha malumotlar berib oʻtildi.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlarda yurt himoyachilarining oʻz sohalari boʻyicha bilim va salohiyatlari yanada mustahkamlanmoqda.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati