“Imom ota” poligonida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

1069

Sharqiy harbiy okrugga qarashli Andijon garnizonidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida “Imom ota” dala-o‘quv maydonida nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar noqulay sharoitlarda turli otish usul va uslublarini qo‘llagan holda bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Xususan, guruh va shaxsiy qurollar bilan shartli dushmanni yakson qilish, nishonga qarata aniq zarba berish kabi mashqlar harbiy xizmatchilardan aniqlik hamda merganlik mahoratlarini talab etdi.

Yurt o‘g‘lonlari mashg‘ulotlarda barcha berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati