Kattaqo‘rg‘on garnizonida muddatli harbiy xizmatchilar tavsiyanoma uchun test sinovlarini topshirdi

0
2597

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqo‘rg‘on garnizonida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanoma uchun test sinovlaridan o‘tdi.

Test sinovlari Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi vakillari ishtirokida tashkil qilinib, kuchaytirilgan nazorat asosida adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati