“Taraqqiyot strategiyasi” harbiy xizmatchilar nigohida

2419

«Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi» loyihasi keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan bo‘lib, unda inson qadrini ulug‘lash oliy maqsad qilib olingan.

Bekobod shahrida joylashgan harbiy qismda yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihaning maqsad va vazifalari xususida o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida loyihaga kiritilgan mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish yo‘nalishlari muhokama markazida bo‘ldi.

Darhaqiqat, bu kabi o‘quv-seminar mashg‘ulotlari harbiy xizmatchilarning mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojlanishida dahldorlik hissini yuksaltirish barobarida xuquqiy ong va madaniyatini ham oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminar yakunida faol harbiy xizmatchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti