Huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati

0
2785

Farg‘ona viloyati Rishton tumani Ichki ishlar boʻlimida “Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati va sayyor sud tadbiri boʻlib oʻtdi.

Yoshlarimizni bandligini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yigit-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda barcha maʼsul tashkilotlar hamkorlikda ish olib bormoqda. Xususan, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va keng jamoatchilik vakillari, mutasaddilar ishtirokida turli tadbirlar oʻtkazilib kelinyapti. Ana shunda tadbirlarning navbatdagisi Rishton tumani Ichki ishlar boʻlimi probatsiya hisobida turgan shaxslarni jalb yetgan holda olib borildi.

Mazkur davra suhbatida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, tuman IIB, jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi, prokuratura xodimlari va yoshlar ishlari agentligi vakillari ham qatnashdi.

Tadbirda har qanday huquqbuzarlik kelgusida jinoyat koʻchasi tomon yoʻl ochishi mumkinligi, qonundan tashqari xatti-harakatga esa jazo muqarrarligi taʼkidlandi. Bunday salbiy holatlarga oʻrin qoldirmaslik uchun oʻtgan vaqtdan unumli foydalanish, yoshlik shijoatini ezgu ishlarga sarflashga daʼvat etildi.

Shu kuni jinoyat ishlari boʻyicha Rishton tumani sudi tomonidan sayyor sud ham oʻtkazildi. Unda qilgan qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, probatsiya hisobida turgan shaxslarning 4 nafari jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan avval shartli ravishda jazodan ozod qilindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati