Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi qizg‘in bahslar

0
4107

Sharqiy harbiy okrug “Farg‘ona” dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchilar o‘rtasida Mudofaa vazirligi hamda xalqaro musobaqalarga saralash doirasida o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning dastlabki bosqichida harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy ximatchilar o‘zaro bellashishdi.

26-yanvar kuni ilk bosqichda g‘olib bo‘lganlar “Farg‘ona” dala o‘quv maydonida yarim marafon, o‘q otish, harbiylashtirilgan kross kabi bir qator sport musobaqalarida bellashishmoqda.

Bugun bo’lib o’tgan yarim marafon bahslarida harbiy xizmatchilar 21 kilometr masofani bosib o‘tib, bor kuch va g‘ayratlarini sarflagan holda marra chizig‘i tomon harakat qilishdi.

Hozirda mazkur musobaqa davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati