Nukusda ham muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli tavsiyanoma uchun test topshirdi

0
2943

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanoma olish uchun test sinovlarida ishtirok etdi.

Mazkur test sinovlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon bo’layotagan auditoriyalarning barchasida kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan ikki kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qoida va qonun buzilish holatlari qayd etilmadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlar qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozli tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati