Ruhiy barqarorlikni mustahkamlash borasida amaliy mashg‘ulot

0
1195

Namangan viloyati Chust tumanidagi harbiy qismlarning birida axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar ishtirokida ruhiy barqarorlikni ta’minlovchi bir qator mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Darhaqiqat, turli jangovar vazifalarni bajarish chog‘ida vaziyatga qarab to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish harbiy xizmatchi psixologiyasining muhim omili hisoblanadi. Tadbir avvalida aynan shu masalaga e’tibor qaratilib, harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligi doimiy ravishda ta’minlangan bo‘lishi jangovar shaylikning garovi ekani ta’kidlandi.

Mashg‘ulot davomida shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy barqarorligini ta’minlash, “Vatan muqaddas – uni himoya qilish sharafli burchdir” degan konseptual g‘oya asosida jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, jangovar xizmat vazifalarini bajarishda harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarliklarini samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan psixologik treninglar o‘tkazildi.

O‘quvni sifatli o‘tkazishda yaqindan yordam bergan psixologlar harbiy qism komandiri tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati