Shiddatli musobaqalarning gʻoliblari aniqlandi

0
6671

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida 2022-yil davomida oʻtkaziladigan sport tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq joriy yilda ham Sharqiy harbiy okrug “Fargʻona” dala oʻquv maydonida ofitserlar uch kurashi, harbiy koʻp kurash hamda suzish sport turlari boʻyicha okrug miqyosida musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Bugun, 22-yanvar kuni ushbu musobaqaning tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ofitserlar uchkarashi musobaqasining yakuniga koʻra, faxrli 1-oʻrin Namangan viloyatining Chust tumanidagi harbiy qismga nasib etdi. Koʻpkurash musobaqasida 1-oʻrinni Fargʻona garnizonidagi harbiy qism qoʻlga kiritdi. Suzish musobaqasida esa 1-oʻrin Namangan viloyatining Chust tumanidagi harbiy qism jamoasiga nasib etdi.

Gʻoliblar kubok, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati