Jizzaxda harbiy xizmatchilar “Mahallabay” ishlashni saxovat koʻrsatish bilan boshladilar

0
6372

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligining tashabbusi bilan okrug tassarrufidagi garnizonlardagi harbiy qism va muassasalarga biriktirilgan mahallalarda “Mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish yuzasidan amaliy ishlarning rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etish ishlari boshlandi.

Jumladan, bu borada Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilari Sharof Rashidov tumanidanidagi “Xayrabod” mahallasida namukna koʻrsatishdi.

Yurtdoshlarimiz qalbida ertangi kunga boʻlgan ishonchini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi va uning xalqiga sadoqat, yuksak vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishni maqsad qilgan yurt oʻgʻlonlari tadbirni avvalo, xayrli ishga qoʻl urish bilan boshladilar.

Dastlab harbiy qismlar komandirlari va muassasa boshliqlari mahalla fuqarolar yigʻini idorasida boʻlib, ushbu mahalladagi kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan xonadonlarni oʻrgandi va ularning uylarida boʻlishdi.

Harbiy xizmatchilar xar bir xonadon egalariga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va sovgʻalar ulashib, bizning kuchimiz birlik va ahillikda, qudratimiz mehr-oqibat, oʻzaro koʻmak va saxovatda, eng katta yutugʻimiz esa ertangi kunga boʻlgan yuksak ishonchimizda ekanligini taʼkidlab, oʻksik qalb egalarini xushnud etishdi.

Endilikda, ushbu “Mahallabay” ishlash tizimining yangi bosqichida harbiy xizmatchilar nafaqat xayrli va savobli ishlarni amalga oshirishadi, Shuningdek, mahallalardagi yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasi va qatʼiy maqsadini, Vatan taqdiri uchun masʼuliyatini kuchaytirish, bugungi kunda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyatini anglashda koʻplab ishlarni amalga oshirishadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati