Huquqiy madaniyatni oshirish davr talabi

0
5861

Sharqiy harbiy okrug Namangan garnizonidagi harbiy qismda, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan “Qonunbuzilish sabablari va uning oqibatlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda jamiyatda sodir boʻladigan barcha qonunbuzilish holatlari boʻyicha soha mutaxassislar tomonidan bir qator maʼlumotlar berib oʻtildi.
Yangi qonunlarni oʻrganish borasida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ham faolligini taʼminlash uchun targʻibot ishlarini olib borish doimiy ravishda koʻzda tutildi.

Shu bilan birga kun tartibidagi masaladan tashqari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini haydovchilikka oʻqitish kurslariga jalb etish, harbiy qismda toʻgaraklar tashkil etish va ularga harbiy xizmatchilarning farzandlarini jalb qilish, bandligini taʼminlash hamda kasbga yoʻnaltirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati