Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati

0
2250

Farg‘ona shahrida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari va muddatli harbiy xizmatchilari bilan viloyat axborort kutubxona markazida mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida muddatli harbiy xizmatchilar g‘azal mulkining sultoni Navoiy bobomizning dostonlari, g‘azallar orqali insonni komillikka yetaklovchi sifatlar, besh dostonni o‘ziga jam qilgan Хamsa haqida va Alisher Navoiyning ijod yo‘li haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shundan so‘ng Farg‘ona shahrida joylashgan Alisher Navoiy haykali yonida suhbat davom ettirildi.
Bunday tadbirlardan harbiy xizmatchilar mumtoz adabiyotimiz haqida bir qator ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati