Harbiy xizmatchilar o‘rtasida sport musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda

0
2547

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 2022-yil davomida o‘tkaziladigan sport tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq Sharqiy harbiy okrug “Farg‘ona” dala o‘quv maydonida ofiserlar uch kurashi va ko‘p kurash hamda suzish sport turlari bo‘yicha Sharqiy harbiy okrug miqyosidagi musobaqalarga start berildi.

Ishtirokchilar tomonidan quyidagi me’yorlar bajariladi: ofiserlar uch kurashida 1000, 2000 va 3000 metr uzoqlikka vaqt kesimida yugurish, 9 mm li PM qurolidan nishonga o‘q otish, 100 m masofaga suzish. Ko‘pkurash musobaqasida 100 metrga yugurish, turnikka tortinish, granata uloqtirish, yagona to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish.

Ushbu tadbir harbiy qismlarda jamoaviy jipslikni shakllantirish, kuch, chaqqonlik, tezlik va jasurlik kabi sifatlarni rivojlantirish, ofiserlar uch kurash va ko‘p kurash sporti bo‘yicha okrug terma jamoalariga sportchilarni saralash hamda vazirlik miqyosida o‘tkaziladigan sport o‘yinlari bo‘yicha chempionatlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati