Harbiy xizmatchilar axloqiy-ruhiy holatining barqarorligi – jangovar shayligi garovi

0
2222

 Markaziy harbiy okrugning Samarqand hamda Kattaqoʻrgʻon garnizonlarida ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni doirasida harbiy xizmatchilar bilan qator mashgʻulotlari oʻtkazildi. Amaliy mashgʻulotlardan oldin harbiy psixologlar tomonidan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik bosqichlari, psixologik xurujlarning zamonaviy koʻrinishlari, jang vaqtida yakka va jamoaviy tartibda harakatlanish borasida nazariy maʼlumotlar tushuntirib oʻtildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar nostandart vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qilish, kuchli ruhiy sinovlarni yengib oʻtish, jamoani jipslashtirish, xavfga qarshi tura olish hamda tashabbuskorlik va mustaqil boʻla olish kabi xislatlarni shakllantirishdi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari amaliy mashgʻulotlar bosqichini peyntbol maydonchasida oʻtkazib, ham ruhan, ham jismonan baquvvat, kuchli irodaga ega ekanligini namoyon etib, oʻzlarida epchillik, tezkorlik hamda chaqqonlikni shakllantirish, ruhiy va qoʻrquvni yengib oʻtish, tez qaror qabul qila olish kabi xislatlarni uygʻotishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati