Vodiy viloyatlarida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

0
6696

Qurolli Kuchlarimizning 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Farg‘ona, Andijon va Namangandagi vatanparvarlar bog‘ida katta tantana va bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatlardagi barcha hamkorlikdagi tuzilmalari, tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yurt posbonlari, viloyat hokimlari hamda davlat tashkilotlari viloyatlardagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yib hurmat bajo keltirdi.

Joylarda harbiy xizmatchilar, harbiy texnikalar paradi hamda qurol-aslahalar va harbiy vositalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Sahnalashtirilgan jangovar va harbiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati