Qashqadaryoda bayram tantanalari boʻlib oʻtdi

0
6852

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram tadbirlari Qashqadaryo viloyatida ham koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati katta majlislar zalida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida qoʻmondonlik rahbariyati bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etib, ularga mukofotlarni topshirishdi.
Shundan soʻng viloyat hokimligi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug masʼul ofitserlari, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan harbiy orkestr sadolari ostida Qarshi shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

Tadbir Moʻlla Toʻychi Toshmuhamedov nomidagi viloyat teatrida davom etdi. Tadbir davomida yurt himoyachilariga davlat mukofotlari va viloyat hokimining faxriy yorliqlari tantanali topshirildi.
Xushovoz xonandalar ijrosida aytilgan kuy-qoʻshiqlar va tinchligimiz posbonlarining koʻrgazmali chiqishlari barchaga birdek xushkayfiyat bagʻishladi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati