Nukus shahrida Motamsaro ona haykaliga ehtirom koʻrsatildi

0
6669

Bugun, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 30 yilligi bayrami munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, ehtirom namunasi koʻrsatildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi rahbariyati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, Davlat bojxona va soliq qoʻmitalarining hududiy boʻlinmalari, keng jamoatchilik, mehnat jamoalari, Qurolli Kuchlar faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida Nukus garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlarning kuch tuzilmalari tantanali saf bilan oʻtishdi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati