Markaziy harbiy okrugda bayram tantanalari

0
6910

Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.

Oʻz hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulugʻ va olijanob ishga bagʻishlagan yurt himoyachilarini garnizonlardagi harbiy orkestr jamoalari oʻzining bayram shodiyonasiga bagʻishlangan kuy-qoʻshiqlari bilan koʻtarinki kayfiyat ila kutib olishdi.

Tadbirlarda soʻz olgan okrug qoʻmondonligi masʼullari hamda boshqa mehmonlar yurtimiz sarhadlarini koʻz qorachigʻidek asrab kelayotgan mard va jasur harbiylarni bayram qutlab, Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sogʻlik ila ulkan muvaffaqiyatlarga erishishi uchun samimiy tilaklarini bildirishdi.

Shundan soʻng joylarda okrug qoʻmondonligi tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilarga “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari, navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Bayram dasturining badiiy qismida harbiy orkestr jamoasi hamda viloyatlardagi madaniyat boshqarmalarining xushovoz xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati