Vatan o‘z fidoyilarini unutmaydi…

0
828

Bugun, 14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni!

Bu kun Qurolli Kuchlarimiz saflarida faoliyat yuritayotgan, umuman, yurtga qo‘rg‘on er yigitlarimiz bayrami. Ushbu sanada yurt qalqonlariga ehtirom ko‘rsatiladi, o‘tganlarning xotirasi yodga olinadi.

Poytaxtimizning Mirobod tumani Mudofaa ishlari bo‘limida Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 22 nafar harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida tan jarohat olgan 9 nafar harbiy xizmatchilar jam bo‘lishdi.

So‘z olganlar Vatan o‘z farzandlarini hech qachon unutmasligi, bu yo‘l yuksak sharaf va iftixor yo‘li ekanini ta’kidlab o‘tishdi. So‘ngra chuqur minnatdorlik bildirgan holda marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni hamda sovg‘a-salomlar tantanali ravishda topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot
va ommaviy kommunikasiyalar departamenti