Mazmunli o‘tgan uchrashuv

0
511

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali madaniyat markazida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, “Nuroniylar” jamg‘armasi viloyat kengashi, Termiz harbiy prokuraturasi va Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida uzoq yillar davomida xizmat qilgan va ayni paytda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qurolli Kuchlar faxriylari, talaba yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, inson huquqlarini ta’minlash, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan xayrli ishlar, yosh avlod kelajagi yo‘lida barpo etilayotgan bunyodkorlik ishlari borasidagi erishilgan ijobiy natijalar hamda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

So‘zga chiqqanlar ko‘p yillar davomida xalq xizmatida bo‘lgan, yosh avlodga beminnat ustozlik qilib kelayotgan sport, xalq ta’limi, kasbiy ta’lim va maktabgacha ta’lim tizimida ishlagan fidoyi ustozlarning boy hayotiy tajribasini o‘rnak qilib ko‘rsatishib, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib kelayotgan yoshlar kelajakda o‘z o‘rnini topib, shu zamin rivoji va yanada taraqqiy topishida o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini ta’kidladilar.

– Mustaqillik buyuk ne’matki, unda Vatan ozodligi, inson erkinligi, tinchlik, totuvlik, ezgulik hukmronlik qiladi. Mustaqillikning mustahkam poydevor bo‘lib, avlodlarga meros qolishida, umrini vatanparvarlik, tinchlikparvarlik yo‘liga safarbar etgan insonlar xizmati beqiyosdir. “Uch avlod uchrashuvi”da qatnashgan Qurolli Kuchlar faxriylari esa yoshlarga chinakam ibrat namunasi bo‘ldi, – deydi Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xusniddin Yuldoshev.

Shu kuni mazmunli kechgan uchrashuvda faxriylar, harbiylar va yoshlar dildan suhbat qurishdi. Ayniqsa, yoshlar hayotida unutilmas kun sifatida muhrlangan uchrashuv harbiylik hayotiga havas uyg‘otib, kelgusida armiya saflarida xizmat qilish istagini yanada kuchayishiga xizmat qildi.

Tadbir so‘ngida 2000-2001 yillarda Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlarida bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan jangchilar xotirasiga bag‘ishlab film namoyish etildi. Shunda so‘ng universitetning badiiy havaskorlar jamoasi va Termiz garnizoni harbiy orkestr hamda taniqli xonandalarning kuy-qo‘shiqlari namoyish etildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni