Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtida bayram tantanasi

0
1505

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga bagʻishlangan madaniy va maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda bilim yurti rahbariyati, Chirchiq davlat pedagogika instituti oʻqituvchilari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etishdi. Dastlab, tadbir tashrifchilari bilim yurti madaniyat markazida tashkil etilgan tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari bilan tanishib chiqishdi. Shundan keyin sahnada Chirchiq shahar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlar, Vatanni madh etuvchi jonli kuy-qoʻshiqlar ijro qilindi.

Taniqli soʻz sanʼati ustalarining yumorga boy hazil-mutoyibalari esa ishtirokchilarning barchasiga kulgu va tabassum ulashib, haqiqiy bayramona kayfiyat bagʻishladi. Yakunda bir guruh harbiy xizmatchilarga bayram munosabati bilan esdalik sovgʻalar topshirildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti