“Vatanimga tayanchman!”

0
2301

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Vatanimga tayanchman!” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi.

Ma’rifat soatida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mehriddin Qo‘chqorov, Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi harbiy oilalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Jahongir Qalandarov, Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Zulfiya Mansurova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, polkovnik Zikrilla Ne’matov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy tuzilmalar faoliyatini ta’minlash bazasi mutaxassisi kapitan Bobur Begaliyev ishtirok etdi.

Mamlakatimizda 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida keng nishonlanadi.

Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligiga 30 yil to‘ldi.
Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

Tadbir ishtirokchilari yurtimizda harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar, Vatan himoyasi yo‘lida harbiylarimizning fidokorona xizmatlari haqida ma’ruzalar qilishdi. Shuningdek, vatanparvarlik ruhidagi she’rlar hamda kuy va qo‘shiqlar tadbirning yanada fayzli o‘tishiga asos bo‘ldi.

Yakunda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Vatanimga tayanchman!” mavzusida tashkil etilgan ma’rifat soati mehmonlariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tashakkurnomasi taqdim etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti