Poytaxtimiz ko‘chalarida harbiy-vatanparvarlik paradi bo‘lib o‘tdi

0
1904

Bugun, 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxtimizda Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralar harbiy xizmatchilari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkazildi.

“Turkiston” san’at saroyi maydonidan boshlangan harbiy-vatanparvarlik paradi Alisher Navoiy, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko‘chalari bo‘ylab “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyiga qadar davom etdi. Mazkur paradda jami 1200 nafardan ortiq kuch tuzilmalari vakillari, harbiy orkestr jamoalari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilar ishtirokidagi bayramona yurish yurtdoshlarimiz qalbida milliy armiyamiz qudrati, jangovar salohiyatimiz, tinch va osuda mamlakatimiz ertangi kuniga bo‘lgan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini oshirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

 

“Xalqlar do‘stligi” maydonida esa harbiy orkestr, harbiy ansambl va taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.   

Katta leytenant Bobur ELMURODOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti