Vatan deya jon berganlar xotirasi yod etilib, fidoyiliklari e’tirof qilindi

0
1264

Markaziy harbiy okrugining Jizzax, Samarqand hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy xizmatchilar tomonidan xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan va nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni va Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mablag‘lari hamda okrug qo‘mondonligi, shahar va tuman hokimliklarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jumladan, okrug tasarrufidagi garnizonlarda yigitlik burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilar samarqandlik leytenant Ma’rufjon Rahmonov, kichik serjant Nodir Sobirov, serjant Akmal Mirzaahmedov, kichik serjant Ulug‘bek Hasanov, SHBHX oddiy askar Lochin Hayitov, mayor Akmal Azizov, navoiylik kichik serjant Zokir Qahhorov, kichik serjant Sherali Idiyevlarning honadonida bo‘lishdi.

Yurt o‘g‘lonlari marhum harbiy xizmatchilarning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari holidan xabar olib, ularning xizmati davomida erishgan yutuqlarini xotirlab, ularga bayram sovg‘alarini topshirishdi.

Shu kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yigitlik burchini sadoqat bilan o‘tayotgan va bir qator yutuqlarga erishgan harbiy xizmatchilarning ota-onalariga Mudofaa vazirligi nomidan yo‘llangan Tashakkurnomalar o‘qib eshittirilib, ularni bayram bilan qutlashdi.

Xulosa qilib aytganda, Mudofa vazirligi tizimida o‘tganlarni yod etish, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish turmush tarzimizning ajralmas qismiga aylanmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati