Harbiy xizmatchilar oliygoh o‘qituvchilari mehmoni bo‘ldi

0
2750

Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari va Harbiy havo kuchlari qo’mondonligi tasarrufidagi Qarshi shahrining Xonobod qo’rg’onida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari bir guruh ustozlar bilan birgalikda “Vatanim – tayanchim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi. Bu galgi manzil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash instituti Qarshi filiali bo’ldi.
Oliygohning ustoz murabbiylari bilan o’tgan samimiy suhbatlarda harbiylar o’zlarining sharafli va mas’uliyatli kasblari, parvoz zavqi hamda mashaqqatlari haqida so’zlab berdilar.

Ustozlar qalb memorlaridir. Shunday ekan, o’sib kelayotgan yosh avlod dilida yurtga muhabbat, kasbga sadoqat kabi xislatlarning shakllanishi ko’p jihatdan muallimlar bergan ta’lim-tarbiyaga bog’liq bo’ladi. Davlatimiz tomonidan bugun yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, bu kabi shart-sharoitlarni to’g’ri tasarruf etishda esa ota-ona va ustozlar o’gitiga ehtiyoj borligi suhbatlarning diqqat markazida bo’ldi. Ertamiz egalarining haqiqiy vatanparvar bo’lib ulg’ayishlari porloq kelajak kafolati ekani alohida ta’kidlandi.
O’tgan tadbirning tub mohiyati ham ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati