Vatanga xizmat-muqaddas burch

0
2566

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinov tahsil olgan Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 17-umumta`lim maktabida unga atab “Maktabimiz faxri” burchagi ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizoni harbiy xizmatchilari, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari vakillari, harbiy orkestr, xalq ta’limi xodimlari, faxriylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Andijon garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuylari tadbirga ko‘tarinkilik ulashdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan maktab fondi uchun yuzdan oshiq badiiy adabiyotlar topshirilib, ushbu maktabda qad rostlagan “Maktabimiz faxri” burchagi tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida ushbu tuman yoshlari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar namoyish etildi hamda Jalaquduq tumanidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi chiqishlari namoyishi tabdir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati