Harbiy xizmatchilar qahramon xotirasini yod etishdi

0
1087

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Namangan garnizoni harbiy xizmatchilari xizmat burchini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan Chortoq tumanilik oddiy askar Solijon Shoabdullaev oila a’zolari holidan xabar olishdi.

Safdoshlarining oila azolari bilan suhbat qurar ekan, harbiy xizmatchilari marhumning ibratli fazilatlarini esga oldilar. Solijon Shoabdullaev farzandlrining, “men ham albatta harbiy bo‘laman”, degan gaplari ularga faxr tuyg‘usini bag‘ishladi.

Uchrashuvda marhumning oila a`zolariga moddiy yordam va sovg‘a-salomlar topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati