Namanganda yoshlar oʻrtasida oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

0
2317

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashining oʻq otish sport texnika klubida yoshlar oʻrtasida havo miltigʻidan oʻq otish boʻyicha viloyat hokimi kubogining 1-bosqich musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada sportchilar 8 yosh va undan yuqori toifalarida bahslashishdi. Yakuniy natijalarga koʻra 1-oʻrinni viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi, 2-oʻrinni Namangan shahar jamoasi va 3-oʻrinni Kosonsoy tuman jamoasi egalladi.

Musobaqa gʻoliblarini taqdirlash tadbirida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi, viloyat hokimining turizm va sport masalalari boʻyicha oʻrinbosari, hamkorlikdagi tuzilmalar, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga kumaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi raisi ishtirok etdi. Gʻoliblarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlari topshirildi.
Vatanparvarlik oyligi tadbirlari davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati