Andijonda kuch tuzilmalari jamoalari qoʻmondon kubogi uchun bellashdi

0
1133

Sharqiy harbiy okrugning Andijon garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar hamda hamkorlikdagi kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari oʻrtasida sportning “Mini futbol” yoʻnalishida qoʻmondon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqa 3 kun davom etdi. Unda har bir jamoa gʻoliblik uchun toʻp surib, qoʻmondon kubogini qoʻlga kiritish uchun murosasiz bahs olib bordi.
Musobaqa natijasiga koʻra 3-oʻrinni Andijon safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni jamoasi, 2-oʻrinni Jalaquduq tumanida joylashgan harbiy qism jamoasi egallagan boʻlsa, 1-oʻrinni Ichki ishlar vazirligining “Lochin” jamoasi qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar medallar, esdalik sovgʻalari va gʻolib jamoaga qoʻmondon kubogi topshirildi.

Yakunda gʻoliblarni tantanali taqdirlash tadbirida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, Andijon harbiy prokuraturasi, harbiy xizmatchilar, hamkorlikdagi ku tuzilmalarining vakillari va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni soʻzga chiqib, barchani Qurolli Kuchlarimizning 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi va bunday sport musobaqalari vodiy boʻylab barcha garnizonlarda oʻtkazilishi davom etishi toʻgʻrisida aytib oʻtdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati