Samarqandda Prezident maktabi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi

0
2234

Markaziy harbiy orkug Samarqand garnizonida joylashgan harbiy qismda Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari uchun “Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli boʻladi” shiori ostida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Harbiy qism oʻquv sinflari, yotoqxona, oshxona, madaniyat markazi va sport majmualarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tadbirda ishtirok etgan yoshlar qalbida, “men ham Vatan himoyachisi boʻlaman” degan istaklarni shakllantirdi.

Shuningdek, harbiy qism boʻylab maroqli va mazmunli sayohat qilgan yoshlar uchun dastlab tarix oʻquv binosidagi sohibqiron Amir Temur va sarkarda Jaloliddin Manguberdi sinflarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ajdodlarimiz haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Umuman olganda, harbiy qism boʻylab qilingan sayohat oʻquvchilarning ertangi kunda toʻgʻri yoʻlni tanlashi va oʻzlarida vatanparvarlik hislarini oshirishiga munosib xizmat qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati