Kattaqoʻrgʻonda nuroniylar uchun unitilmas onlar taqdim etildi

0
881

Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari keksalarni eʼzozlash, har tomonlama gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida turli xil sihatgohlar va davolanish markazlarida davolanayotgan nuroniylar va ularning yaqinlari uchun madaniy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishdi.

“Xalq va armiya – bir tanu bir jon” degan shior ostida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda harbiy orkestr jamoasining goʻzal kuy-qoʻshiqlari ishtirokchilarga quvonch ulashdi.

Ayniqsa, tomoshabinlar faxriy qorovul vzvodining qurol yordamida oʻzgacha saf elementlari hamda qoʻl jangi koʻrgazmali chiqishlarini zavq bilan tomosha qilishdi.


Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar targʻibot tadbirining taʼsirchanligini oshirish maqsadida Qurolli Kuchlarimizning 30 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini targʻib qiluvchi bukletlar bilan birga milliy armiyamizning bugungi salohiyatini namoyon etib kelayotgan roʻznomalarni tarqatish ishlarini amalga oshirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati