Harbiy qismda telemuloqot bo‘lib o‘tdi

0
988

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yigitlik burchini ado etayotgan muddatli harbiy xizmatchilar va Toshkent harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning ota-onalari bilan birgalikda “Askar onalarini sharaflaymiz” shiori ostida videomuloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda muddatli harbiy xizmatchilar ota-onalari bilan dildan suhbat qildilar.
Muloqot davomida muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari harbiy xizmatni o‘tayotgan farzandi bilan faxrlanishi va kelgusida ham Vatanga qilgan qasamyodiga sodiq bo‘lishi haqida aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ota-onalarga qism qo‘mondonligi tomonidan esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar berildi.
Shundan so‘ng ota-onalar va muddatli harbiy xizmatchilarning yaqinlari harbiy qismdagi shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati