Jizzax garnizonida “Shu aziz Vatan – barchamizniki!” shiori ostida madaniy va ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

0
2564

Jizzax garnizoniga qarashli harbiy qism ma’naviyat va ma’rifat markazida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Shu aziz Vatan – barchamizniki!” shiori ostida madaniy va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda faxriylar, harbiy xizmatchilar, Mudofaa ishlar boshqarmasi xuzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisligi boyicha tayyorlash markazi kursantlari hamda hududdagi 21-umumta’lim maktabi va 2-sonli musiqa va san’at maktabi o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tamonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar, raqslar namoyish etilib, Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar kuylandi.

Jajji qizaloq tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar harbiy xizmatchilarimiz uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi. Shuningdek, 5-sinf  o‘quvchisi Malika Nuraliyevaning “Ona Vatan himoyasiga bel bog‘lagan harbiy xizmatchilar, biz sizlarga ishonamiz. Sizning yelkangizga juda katta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi va farovonligini ta’minlashda sizning o‘rningiz juda ham beqiyos”, degan so‘zlari yurt o‘g‘lonlariga g‘urur bag‘ishladi.

Ko’tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir so‘ngida bir guruh faol o‘quvchi yoshlar qo‘mondonlik tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘JOKU harbiy jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Dildora ShODIQULOVA