Namanganda vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda

0
4338

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Namangan garnizoni harbiy xizmatchilari Namangan shahridagi mahallalarda, maktablarda bo‘lib, yoshlar ishtirokida festival tashkil etishdi.
Bunday vatanparvarlik tadbirlari yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini oshirib, harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirmoqda.

Harbiy xizmatchilarning qurol-aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmalari barchada katta taassurot qoldirdi. Yoshlar badiiy havaskorlik jamoalarining turli chiqishlari ham namoyish etildi.

Harbiy orkestrning vatanparlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlari hamda qo‘l jangi ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati