Sogʻlom turmush tarzini hayotga birgalikda tadbiq etamiz

0
2869

Respublikamiz boʻylab bayramona ruhda tashkil etilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” degan olijanob gʻoya ostida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida vatanparvarlik aksiyalari, uchrashuv va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilan birga sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari ham oʻtkazilib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Fargʻona viloyati Margʻilon shahri va Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan aholining barcha qatlamini qamrab olgan holda “Sogʻlom turmush tarzini tadbiq etamiz” shiori ostida yurish marafoni shaklida kechdi.

Bu kabi targʻibot tadbirlari fuqarolarimizni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish bilan birga sogʻlom turmush tarzini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy koomunikatsiyalar departamenti