Navoiyda keng qamrovli festival tashkil etildi

0
3015

Navoiy viloyatida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” deb nomlangan keng qamrovli festival boʻlib oʻtdi.

Unda Mudofaa vaziligining Navoiy garnizonida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalaridagi harbiy xizmatchilar, faxriylar, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, xalq taʼlimi, ichki ishlar, milliy gvardiya, FVV va madaniyat boshqarmasi hamda navoiylik aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, shuningdek Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yoshlar kelajakda oʻz oʻrnini topishi lozimligini taʼkidladilar.

Festival doirasida tashkil etilgan jangovar texnika va qurol-aslahalar, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi, faxriy qorovulning koʻrgazmali, harbiylarning qoʻl jangi kabi sahna koʻrinishlar yigʻilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Shu kuni harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari hamda yoshlar ishtirokida turli sport musobaqalari va koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi.

Festival doirasida oʻtkazilgan uch avlod uchrashuvi yoshlarda faxriylarning oʻgiti bilan harbiylikka boʻlgan havasni oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati