Davlat boshqaruvi organi xodimlari uchun “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik soati o‘tkazildi

0
899

Samarqand viloyati hokimligida Markaziy harbiy okrugi boshqaruv apparti ofiserlari tomonidan viloyatdagi davlat va xo‘jalik organlari xodimlari uchun “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik soati o‘tkazildi.

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilishining huquqiy asoslari, armiyani shakllantirishda bosib o‘tilgan murakkab yo‘l, Qurolli Kuchlar tuzilishi va tarkibi bilan boshlangan o‘quv soati harbiy-ma’muriy sektor faoliyati xususida davom etdi.

Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli asarining “Mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyati” bo‘limida belgilab berilgan strategik vazifalar, ustuvor g‘oya va takliflar borasida so‘z yuritildi.

Vatanparvarlik soati yakunida Yangi O‘zbekiston armiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar va harbiy xizmatchilarning ijtimoiy ta’minot tizimni yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati