Ertamiz davomchilariga manzur bo‘layotgan tadbirlar

894

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug mutasaddilari tomonidan o‘quvchi yoshlarning qishki ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida qator uchrashuvlar, sayohat va turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Muborak garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan shu kabi tadbirlardan birida hududdagi 2-umumta’lim maktabi hamda 5-IDUM o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar harbiy qismda Vatan posbonlariga yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari va qurol-aslahalar bilan tanishtirildi.

Yurt o‘g‘lonlari va o‘quvchilar o‘rtasidagi suhbatlar istiqlol shukronasi, ona Vatanga sadoqat mavzularida kechdi. Bir kun davom etgan tadbirda qatnashchilarning sohaga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati