Samarqandda aholi yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik festivali oʼtkazildi

0
4490

Markaziy harbiy okrug qoʼshinlari Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari Samarqand shahridagi “Nurafshon” mahallasi aholi va yoshlari uchun tadbir tashkil etdi.

Harbiy orkestrning kuy-qoʼshiqlari bilan boshlangan ushbu tadbir barchaga birday koʼtarinki kayfiyat ulashdi.

Аyniqsa, tadbir ishtirokchilarida ajdodlarimizning jasorati haqida hikoya qiluvchi sahna koʼrinishlari, faxriy qorovul vzvodining koʼrgazmali chiqishlari va qoʼl jangi elementlari sahnasi katta taaccurot qoldirdi.

Bunday vatanparvarlik tadbirlari yoshlarda harbiylik kasbiga, yurtiga boʼlgan muhabbatni yanada oshirayotganligi ushbu tadbirda qatnashayotgan yoshlarning koʼzlaridagi quvonchidan bilinib turardi. Harbiy texnika va qurol-aslahalar koʼrgazmasi tadbir qatnashchilariga quvonch bagʼishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati